2020 yilning 30 oktyabrida Bosh prokuratura Akademiyasi va O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida emorandum imzolanishiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Akademiya hamda Sudyalar oliy maktabining rahbariyati va professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Tomonlar har ikki muassasa o'rtasida shakllangan aloqalar, hamkorlikda amalga oshirilayotgan tadbirlar xususida batafsil to'xtalib, ushbu hamkorlikni doimiy va tizimli ravishda yo'lga qo'yilishining ahamiyati va qimmatini alohida ta'kidlab o'tdilar.
O'zaro hamkorlik doirasida tergov, sud va prokuratura xodimlari uchun qo'shma o'quv mashg'ulotlarini, shu jumladan seminar va mustaqil mashg'ulotlarni sud-tergov va prokuror amaliyot hujjatlariga asoslantirilgan holda tashkillashtirish, o'qitishni ta'limning zamonaviy innovatsion shakl va usullarini joriy etgan holda amalga oshirish, o'zaro ilmiy-amaliy tajriba almashish, huquqni qo'llash sohasidagi o'ta dolzarb muammolar yuzasidan qo'shma tadqiqotlar va tadbirlar o'tkazish, sud-tergov hamda huquqni qo'llash amaliyotini tahlil etib borish, hamkorlikda tinglovchilar uchun o'quv-metodik baza yaratish, shuningdek ilmiy-metodik ta'minlash sohasida muhim bo'lgan yo'nalishlar bo'yicha fikr almashildi.
Tomonlar o'rtasida imzolangan Memorandum o'zaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini aniq belgilab bergan bo'lib, unda belgilangan tadbirlarning ijrosi huquqni qo'llash amaliyotida mavjud bo'lgan muammolarning yechimini beradi hamda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishida ahamiyatga ega bo'ladi.
Memorandum ikki tomonlama hamkorlikning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.