Davlat soliq qo'mitasi tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

Davlat soliq qo'mitasi tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

2020 yil 2 noyabrdan boshlab Bosh prokuratura Akademiyasi va Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi hamkorligida davlat soliq xizmati organlari tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun ProAcademy elektron axborot-ta'lim portali bazasida masofaviy malaka oshirish kursi boshlandi.

Kurs dasturi soliq qonunchiligidagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, pandemiya sharoitida soliq ma'murchiligidagi ayrim o'zgarishlar, sohadagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha xodimlarning kasbiy ko'nikma va malakalarni takomillashtirish masalalarini qamrab olgan.

Shu bilan birga, o'quv kursi mashg'ulotlari doirasida iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va javobgarlikga oid mashg'ulotlar o'rin olgan.

Mazkur masofaviy kurs davlat soliq xizmati organlari xodimlarining malakasini oshirishga qo'yilgan talablar asosida xodimlarning kasbiy ko'nikma va malakalarini takomillashtirishga hamda yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.