“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etilishining qonuniyligini ta'minlashda prokuror nazorati” o'quv qo'llanmasi tayyorlandi

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etilishining qonuniyligini ta'minlashda prokuror nazorati” o'quv qo'llanmasi tayyorlandi

Prokuratura organlarida qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish Bosh prokuratura Akademiyasining asosiy vazifalaridan biridir.

Mazkur vazifa ijrosini ta'minlash maqsadida Akademiya tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish faoliyati muntazam ravishda o'rganilib, davlat ijrochilari tomonidan qonun hujjatlarini amaliyotga tatbiq etishda yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishda prokuror nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan muayyan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Mazkur tadqiqotlar natijalari asosida Akademiya mutaxassislari tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etilishining qonuniyligini ta'minlashda prokuror nazorati” mavzusida o'quv qo'llanma ishlab chiqildi.

Ushbu qo'llanmada sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etilishida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta'minlash hamda davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini qonunlarga rioya etgan holda, amalga oshirilishi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish va aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli prokuror nazorati hujjatlarini qo'llashga doir tavsiyalar bayon etilgan.