Akademiya Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Akademiya Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

2020 yil 30 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasi Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Akademiya tomonidan 2020 yil oktyabr` oyida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, Akademiya tomonidan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta'minlashga qaratilgan o'quv-uslubiy va ilmiy-amaliy tadbirlar, shuningdek ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan samarali idoralararo va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish yo'nalishlarida qilingan ishlar tanqidiy ko'rib chiqildi.

Kengash tomonidan Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha Yo'l xaritasi va kalendar` reja ijrosining ahvoli haqida masala ham muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengash a'zolari tomonidan Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan nashrlar muhokama qilinib, kun tartibidagi masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.