Mashg'ulotlarni amaliy yo'naltirilgan shaklda olib borish, o'quv jarayonini kompetentsiyalarni shakllantirishga qaratilgan binar o'quv mashg'ulotlari o'tkazilishi H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi eksperti ishtirokida “Kriminalistika va sud ekspertizasi” moduli doirasida onlayn rejimida boshlandi.
Joriy yilning 2 noyabr kuni “Tergov faoliyati” yo'nalishi magistratura talabalari uchun H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi eksperti M.Toshpo'latov va Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat kafedrasi dotsenti I.Astanov ishtirokida “Sud-fonografiya ekspertizasini tadqiqot obyektlari va na'munalarni taqdim qilishning tartibi” mavzusida birinchi binar ma'ruza tashkil etildi.
Dars mashg'uloti jarayonida professional faoliyatda bilim, ko'nikma, kasbiy faoliyatning axloqiy qadriyatlarini o'zlashtirish va qo'llashga sharoit yaratildi, tergov amaliyotining fonografik ekspertizaga oid dolzarb masalalari muhokama qilindi.