Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasi (DVV International) Xalqaro hamkorlik institutining O'zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda “O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi xodimlari malakasini oshirish tizimini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik” loyihasi Curriculum globALE dasturi doirasida professor-o'qituvchilar uchun masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Kurs katta yoshdagilar ta'limi – androgogikani tashkil etishning zamonaviy metodika va texnologiyalarini o'rganish hamda ularni ta'lim jarayoniga tatbiq etish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Malaka oshirish kursi asinxron rejimda tashkil etilib, bu o'qish va mehnat faoliyatini uyg'un tarzda olib borish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratadi.
Kurs darsturi 5 modul`dan iborat bo'lib, unda andragogikadagi asosiy yondashuvlar, kattalar ta'limi va katta yoshdagilar auditoriyasida dars berish, andragogikada kommunikatsiya va guruh dinamikasi, kattalar ta'limi metodikasi, kattalar ta'lim olishini rejalashtirish, tashkil etish va baholash kabi masalalar o'rin olgan.
Ayni damda birinchi modul` mashg'ulotlari o'tkazib kelinib, bugunga qadar andragogikaning asosiy jihatlari, andragogika va pedagogikaning umumiy va o'zaro farq qiladigan xarakteristikalari, kattalar ta'limi sohasidagi zamonaviy tendentsiyalar va ularning milliy ta'lim tizimiga joriy etilishi kabi masalalar ko'rib o'tildi.
Mazkur malaka oshirish kursi professor-o'qituvchilar uchun tizimli tashkil etib kelinayotgan o'quv seminarlaridan biri sifatida xalqaro ta'lim sifati standartlarini inobatga olgan holda Akademiya professor-o'qituvchilarining o'quv-amaliy faoliyati samaradorligini hamda kasbiy pedagogik mahoratini oshirishga xizmat qiladi.