O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tavsiyasiga binoan, koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish, izlanuvchilar va mutaxassislar sog'ligini asrash va attestatsiya jarayonini samarali tashkil qilish maqsadida 2020 yilning 28 may kuni Bosh prokuratura Akademiyasi mustaqil izlanuvchilari chet tili bo'yicha malakaviy imtihonni onlayn rejimida topshirdilar.
Imtihon mamlakatimizning ko'zga ko'ringan tilshunos va huquqshunos olimlaridan iborat tarkibda tuzilgan va Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan hay'at tarkibida olib borildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilar bilan mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ixtisoslik bo'yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar va ulardagi zamonaviy yo'nalishlar, tadqiq etilayotgan mavzu doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimi yuzasidan ingliz tilida suhbat o'tkazildi.
Onlayn rejimida malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan mustaqil izlanuvchilarga guvohnomalar elektron shaklda yetkazilishi, ularning asl nusxalari esa talab qilib olinguniga qadar Bosh prokuratura Akademiyasida saqlanishi ta'minlanadi.