Joriy yilning 28 may kuni videokonferensaloqa rejimida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish tarmog'i (IHTT Tarmog'i) Boshqaruv guruhining 25-majlisi bo'lib o'tdi.
Majlisda IHTT Tarmog'i rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Istambul harakatlar rejasi, Xalqaro bojxona tashkiloti, YEXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari, IHTT Tarmog'i ishtirokchi-davlatlar milliy muvofiqlashtiruvchilari, shuningdek fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishdi.
O'zbekiston tomonidan Bosh prokuratura, Bosh prokuratura Akademiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurishish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining ekspert guruhi rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Moldovaning Istambul harakatlar rejasi (IHR)ga qo'shilganligi e'lon qilindi, IHTT Tarmog'ining pandemiya sharoitida 2020 yil uchun ish rejasi va tadbirlari tasdiqlandi, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi ko'rsatkichlari loyihasi va uning asosida IHR ishtirokchi-davlatlarida boshlang'ich monitoring o'tkazish masalasi muhokama qilib olindi.