Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Namangan viloyat prokuraturasining sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishida xizmat qilayotgan xodimlar uchun joriy yilning 2 martidan 30 may kuniga qadar tashkillashtirilgan masofaviy maxsus malaka oshirish o'quv kursi yakunlandi.
Malaka oshirish o'quv kursi viloyat prokuraturasi xodimlariga asosiy ish joyidan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, bilim saviyalarini yanada oshirish imkonini berdi.
O'qish davomida xodimlar tomonidan jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud yo'nalishlaridagi bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan mavzular, tegishli manbalar o'rganilib borilib, test, muammoli vaziyatlar hamda kazuslar ko'rinishdagi oraliq sinovlar o'tkazildi.
O'quv mashg'ulotlarida mamlakatda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, O'zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual, fuqarolik va fuqarolik protsessual, iqtisodiy protsessual, shuningdek ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi normalarini to'g'ri qo'llash, sudlov sohalarida muayyan toifadagi ishlarni ko'rilishida yagona sud amaliyotini ta'minlash masalalari, amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar masalalariga alohida ahamiyat berildi.
Masofaviy ta'lim tarzidagi malaka oshirish o'quv kurslari yakuni bo'yicha online rejimida imtihon o'tkazildi.
Imtihon yakunlari bo'yicha xodimlarga belgilangan tartibdagi sertifikatlar topshirildi.