G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha idoralararo tarmog'i (ARIN-WCA) Kotibiyati – O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining tashabbusi bilan joriy yilning 1 iyun` kuni mazkur tarmoq ishchi guruhining onlayn uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda ARIN-WCA Kotibiyati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (UNODC) vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv qatnashchilari pandemiya davrida ARIN-WCA tarmog'ini samarali boshqarish va uning faoliyatini yanada rivojlantirish, aktivlarni qaytarish sohasida hamkorlikni kengaytirish, aloqa vakillarining salohiyatini oshirishga qaratilgan onlayn o'quv kurslarini tashkil etish, tarmoq Boshqaruv guruhi a'zolarining navbatdagi yig'ilishini o'tkazish kabi tashkiliy masalalarni muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunlariga ko'ra ishtirokchilar ARIN-WCA doirasida joriy yilda amalga oshirilishi kerak bo'lgan muhim vazifa va tadbirlarni belgilab olishdi.