Akademiya xodimlari Yaponiyada malaka oshirishmoqda

Akademiya xodimlari Yaponiyada malaka oshirishmoqda

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Transport prokuraturasi xodimlari Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) tomonidan Yaponiyaning Kobe shahrida joriy yilning 20 yanvaridan 31 yanvariga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgan “Yo'l harakati xavfsizligi” mavzusida tashkillashtirilgan xalqaro o'quv kursida ishtirok etishmoqda.

O'quv kursi dasturida Yaponiyaning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimi, uning shakllanish tarixi, shuningdek mazkur sohani huquqiy tartibga solish, yo'l harakati xavfsizligi ishtirokchilarini o'qitish va ularning malakasini oshirish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha butun jarayonni boshqarish masalalarini o'rganish nazarda tutilgan.

Shu bilan bir qatorda, o'quv kursi davomida seminarda ishtirok etayotgan Malayziya, Kambodja, Tayland va boshqa davlatlarning yo'l harakati xavfsizligi sohasida tajribalarini o'rganish asosida mamlakatimizda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash amaliyotiga ijobiy xorijiy amaliyotlarni joriy etishga oid takliflar ishlab chiqish imkoniyati mavjud.