Joriy yilning 3 iyun kuni Akademiya tomonidan Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyo – huquq ustuvorligi: ochiqlik va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlik (SA TAES)” dasturi doirasida videokonferentsaloqa rejimida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda Dastur menedjerlari, YEXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakili, Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida muqaddam ishtirokchilar tomonidan rejalashtirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish bo'yicha ishlab chiqilgan takliflar, shu jumladan xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xorijiy tajribani o'rganish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarni javobgarlikka tortish intitutini joriy qilishning normativ-huquqiy asoslarini tahlil qilish, parallel moliyaviy tergovni joriy etishda ko'maklashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Dastur bo'yicha yakuniy kelishuvga erishilganidan so'ng uni amalga oshirishda hamkorlikda ishtirok etishga rozilik bildirishdi.