Bosh prokuratura Akademiyasi va USAID hamkorligi davom etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi va USAID hamkorligi davom etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi va AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning O'zbekistondagi sud-huquq islohotlari dasturi bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yilgan bo'lib, uning doirasida o'quv jarayonlariga chet ellik yuqori malakali mutaxassislar jalb qilib kelinmoqda.

Jumladan, Vashington universiteti yuridik ingliz tili dasturining yetakchi o'qituvchisi, ushbu sohada ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan mutaxassis Patrisiya Maklaflin bilan o'quv dasturlari ishlab chiqish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.  

Joriy yilning 11 iyunida Akademiyaning Til o'rgatish kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda P.Maklaflin ishtirokida onlayn davra suhbati tashkil etilib, suhbat davomida yuridik ingliz tili dasturini kelgusida amalga oshirish, o'quv materiallarini, shu jumladan masofaviy ta'limni amalga oshirish doirasida elektron shakldagi o'quv kontentini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida prokuratura xodimlari uchun yuridik ingliz tilini o'qitish bo'yicha maxsus o'quv qo'llanma tayyorlash va nashr etish bilan bog'liq loyihani amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyiha kelishib olindi. Kelgusida samarali hamkorlikni davom ettirish maqsadida masofaviy ishni tashkil etish masalalari muhokama qilib olindi.