Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi guruhlarida yakuniy nazorat imtihonlari o'kazilmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi guruhlarida yakuniy nazorat imtihonlari o'kazilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida magistratura tinglovchilarining ikkinchi semestr davomida o'qitilgan o'quv fanlari bo'yicha o'zlashtirish natijalarini aniqlash maqsadida yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

Yakuniy nazorat onlayn rejimda yozma imtihon shaklida o'tkazilmoqda. Imtihon bileti esse uchun mavzu hamda kazusdan iborat. Yozma imtihon tinglovchilarning fanga oid nazariy bilimlari, ularning tizimli tahlil, tanqidiy fikrlash, qaror qabul qilish, mantiqiy bayon etish  ko'nikmalari kabi mezonlar asosida baholanadi.

Imtihonlarni ob'ektiv va shaffof o'tkazilishini ta'minlash maqsadida imtihon biletlarini tasodifiy generatsiya usulida tanlash, yozma imtihonni onlayn monitoring qilish, har bir tinglovchiga ajratilgan vaqtni nazorat qilish, shuningdek imtihon javoblarini shifrlashtirish choralari ko'rilib, ularni tekshirish uchun Akademiyaning tegishli tarmoqlariga 
taqdim etiladi.