Bosh prokuratura Akademiyasi jamoasi sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash kafedrasi boshlig'i Radjapova Muhtaram Ziyodullaevnani tavallud ayyomi va yubileyi bilan chin yurakdan muborakbod etadi!
Bugungi kunda Muhtaram Ziyodullaevna prokuratura organlaridagi 38 yillik faoliyati davomida orttirgan tajribasi va bilimlarini yosh avlodga yetkazib kelib, bunda kasbiy mahorat, fidoyilik va insoniylik namunasi sifatida namoyon bo'lmoqda.
Sizga, hurmatli Muhtaram Ziyodullaevna, uzoq umr, mustahkam sog'lik, oilaviy totuvlik va farovonlik, ishlaringizda ulkan omad va zafarlar tilaymiz!