2020 yilning 17 iyun kuni Akademiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi hamda Psixologik ta'minlash bo'limi rahbariyatining Rossiya Federatsiyasi “Iqtisodiyot oliy maktabi” Milliy tadqiqot universitetining Korrupsiyaga qarshi kurash markazi direktori Aleksey Konov bilan videokonferensaloqa vositasida uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davlat xizmatchilari malakasini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qo'shma tadqiqotlar olib borish yo'nalishida hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Tomonlar o'zaro manfaatli sohalarda tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab olishdi.