Bosh prokuratura Akademiyasi va Yaponiya Adliya vazirligi o'rtasidagi qo'shma loyihani amalga oshirish onlayn muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasi va Yaponiya Adliya vazirligi o'rtasidagi qo'shma loyihani amalga oshirish onlayn muhokama qilindi

Bosh prokuratura Akademiyasi va Yaponiya Adliya vazirligi vakillari bilan “O'zbekiston Respublikasida jinoyatlar to'g'risida yillik hisobot” materialini ishlab chiqish bilan bog'liq loyihani amalga oshirishning kontseptual masalalarini muhokama qilish bo'yicha ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Loyihani amalga oshirish ushbu sohadagi yapon tajribasini o'rganish va qo'llashni o'z ichiga oladi.

Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati va xodimlari, shuningdek, Yaponiya Adliya vazirligining tarkibiy bo'linmalari rahbarlari va xodimlari, Vazirlikning Tadqiqot va malaka oshirish instituti, shuningdek, BMTning jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo'lish to'g'risidagi Osiyo va Uzoq Sharq instituti (UNAFEI) vakillari ishtirok etdilar.

Yaponiya tomoni vakillari ushbu sohadagi ijobiy tajribani inobatga olgan holda loyihani amalga oshirishni davom ettirishga qiziqish bildirdilar.