Kasb odobnomasiga rioya etishning ahamiyati mavzusida vebinar

Kasb odobnomasiga rioya etishning ahamiyati mavzusida vebinar

Joriy yilning 19 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Majburiy ijro byurosi, viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarining ichki xavfsizlikni ta'minlash va kadrlar bilan ishlash tarmoqlari xodimlari hamda Akademiya professor-o'qituvchilari ishtirokida “Prokuratura organlari faoliyatida Kasb odobnomasiga rioya etishning ahamiyati” mavzusida vebinar o'tkazildi.

Mazkur tadbirda prokuratura organlari xodimlarining xavfsizligini ta'minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda xizmat etikasiga rioya etishning ahamiyati, bu boradagi xorij tajribasi, xodimlar faoliyatida manfaatlar to'qnashuvi va uning oldini olishning samarali usul va vositalari, shuningdek, xodimlar mas'uliyatini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar muhokamasi bo'lib o'tdi.

Vebinar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida kelgusida ushbu sohani yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.