Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka ko'maklashish” mintaqaviy dasturi doirasida “Ma'muriy huquqning umumiy printsiplari” mavzusida onlayn rejimda o'tkazilgan vebinarda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari va magistrantlari hamkor tashkilot sifatida ishtirok etdilar.
Vebinar ishida xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, jumladan Latviya davlatidan Stanislav Linkevich, Germaniyadan Yorg Pudel`ka, Qozog'istondan Almat Gabbasov va boshqalar, milliy hamkor tashkilotlar sifatida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Toshkent Davlat yuridik universiteti va boshqa bir qator oliy o'quv muassasalarining vakillari qatnashdilar.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari sharoitida ma'muriy sud ishlarini yuritishda mutanosiblik, tinglanish imkoniyatining mavjudligi, qonuniylik va boshqa printsiplarning qo'llanilishi masalalariga oid milliy qonunchilik normalari xalqaro standartlar bilan bog'liq holda tahlil etilib, xorijiy davlatlar tajribasi misolida muhokama qilindi.
Vebinar ishtirokchilari ushbu masaladagi hamkorlik uchrashuvlarini davom ettirish yuzasidan fikr bildirdilar.
Navbatdagi hamkorlik uchrashuvlari joriy yilning 10 hamda 17 iyul kunlariga belgilanib, ushbu tadbirlarda ma'muriy huquqning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirildi.