Bosh prokuratura Akademiyasi hamda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari, xalqaro va milliy darajadagi ekspertlar o'rtasida “Farg'ona vodiysida yoshlar ijtimoiy uyg'unlik uchun” loyihasi doirasidagi “Farg'ona vodiysida jinoyat va xavfsizlik boshqaruvi” mavzusida tadqiqot o'tkazish masalasini muhokama qilish maqsadida videokonferentsaloqa vositasida uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv doirasida tomonlar mazkur tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilib oldilar. Shu bilan birga, ushbu mavzuga oid boshqa davlatlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar, qo'llanilgan metodikalar, o'rganish natijalari va shunga o'xshash ijobiy tajribalar borasida bevosita tadqiqotlarni amalga oshirgan mutaxassislar tomonidan so'zlab berildi.
Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish borasida kontseptual masalalar bo'yicha kelishib olinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Uchrashuvda ishtirok etgan ekspertlar
fikricha, mazkur tadqiqot natijalari tahlili mamlakatimizda jabrlanuvchilar bilan ishlash tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga xizmat qiladi.