2020 yil 30 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi MDU professori, psixologiya fanlari doktori Toxir Yusupovich Bazarov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu uchrashuvda T.YU.Bazarov Akademiyaning professor-o'qituvchilaridan iborat jamoa oldida “Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning psixologik jihatlari” mavzusida ma'ruza bilan chiqish qildi. Ma'ruzada rahbar tomonidan qabul qilinuvchi qarorlarga tashkilot xodimlarini jalb etish masalasi markaziy o'ringa ko'tarildi.
Rahbar tomonidan boshqaruv qarorlari qabul qilinar ekan, xodimlarning manfaatlari va fikri inobatga olinishi, qaror ijrosini ta'minlashdagi muhim omil ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi.
Suhbat interfaol tarzda o'tdi va uchrashuv ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan ko'pgina savollariga javob oldilar.