Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuraturaning qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash tarmoqlari xodimlari uchun “Prokuratura organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursi mashg'ulotlari boshlandi.
Mazkur o'quv kursi tinglovchilarning prokuratura organlarida ishlarni tashkil etish va boshqarish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, tizimli tahlil va axborot-tahliliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan.
O'quv kursi dasturidan raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda axborot to'plash va ochiq ma'lumotlar bilan ishlash, jinoyat ishlari bo'yicha maxsus bilimlardan foydalanish va ayrim tergov harakatlarini o'tkazishning ilg'or uslublariga oid dolzarb mavzular o'rin olgan.
Malaka oshirish kurslari natijasiga ko'ra tinglovchilar bilimlari test, kazus va boshqa usullar orqali baholanadi.