Akademiya tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda YEXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi ko'magida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini milliy baholash masalalariga bag'ishlangan videokonferensaloqa rejimida davra suhbatlari o'tkazildi.
Tadbirlarda xalqaro ekspertlar V.Nechaev va S.Rasulov, YEXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi vakili, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muvofiqlashtiruvchi va litsenziyalovchi organlarning xodimlari hamda Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Turkum tadbirlar jarayonida 2019 yilda o'tkazilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini milliy baholash natijalari, xavflarni boshqarish bo'yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan choralar, 2020 yilda o'tkaziladigan milliy va sohaviy xavflarni baholash masalalari, xavflarni baholashni o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, tartibi va muddatlari ko'rib chiqildi.
Ishtirokchilar shu kabi tadbirlarni o'tkazishni davom etish lozimligi to'g'risida fikr bildirishdi.