2020 yil 26 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida o'qitishning kredit-modul` tizimida kompetentsiyaviy yondashuvni joriy etish masalalariga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tdi.
Seminar-trening Toshkent xalqaro Vestminster universiteti eksperti hamda Akademiya tarkibiy tarmoqlari rahbarlari ishtirokida o'tkazildi.
Tadbir davomida tinglovchilarning ko'nikma va kompetentsiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan, kredit modul tizimi asosida ta'lim jarayonini tashkil etishning muhim jihatlari ko'rib chiqildi.
Ishtirokchilar xalqaro ta'lim standartlarini inobatga olgan holda kredit-modul tizimi asosida ta'lim dasturlarini takomillashtirish borasida bilim, ko'nikma va axloq normalarini o'z ichiga olgan kompetentsiyalar majmui ustida ish olib bordilar.
Mazkur yo'nalishdagi ishlar kelgusida o'tkazilishi rejalashtirilgan turkum tadbirlar doirasida davom ettiriladi.