Bosh prokuratura Akademiyasida 29.06.2020 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro akademiyasi fahriy dekani M.Kroytner bilan ZOOM formatida konferentsiya uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuv davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yo'nalishi bo'yicha Akademiya o'quv dasturlarini KQKXAning xalqaro magistrlik dasturlariga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.
Alohida e'tibor korrupsiyaga qarshi kurashuvchi ixtisoslashtirilgan organlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga qaratildi.
Tayyorlanayotgan mutaxassislar nafaqat korrupsiya holatlarini aniqlash va bartaraf etish amaliy ko'nikmalariga, balki korruptsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish borasidagi ilg'or xorijiy tajribadan xabardor bo'lishi, korruptsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy tizimini shakllantira olishi, shuningdek aholining keng qatlamlarini korrupsiyaga qarshi kurashishga jalb eta olish lozimligi qayd etildi.