Akademiya tomonidan masofaviy o'qitish bo'yicha qo'llanmalar ishlab chiqildi va nashr qilindi

Akademiya tomonidan masofaviy o'qitish bo'yicha qo'llanmalar ishlab chiqildi va nashr qilindi

Akademiya xodimlari tomonidan tizimli ravishda prokuratura organlari xodimlari bilim va kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus adabiyotlar tayyorlanib kelinadi. Shu bilan birga masofaviy ta'limni rivojlantirish masalalarining dolzarbligidan kelib chiqib, professor-o'qituvchilarning masofaviy o'qitish jarayonida pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan qo'llanmalar ishlab chiqildi va nashr etildi.

Akademiya xodimlari tomonidan tayyorlangan “Masofaviy malaka oshirishning pedagogik dizayni” nomli o'quv-uslubiy qo'llanma masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo'yicha boshlang'ich tahlil o'tkazish, o'quv jarayonini loyihalash, kurs mazmunini ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish, sifat va samaradorlikni baholash usullari kabi masalalarni o'z ichiga olgan.

Shuningdek, “Masofaviy o'qitishning didaktik tizimi” nomli amaliy qo'llanmada didaktikaning metodologik asoslari, masofaviy ta'limning asosiy didaktik tushunchalari, modellari, didaktik tizim sifatida ta'lim mazmuni, o'qitish tamoyillari, o'qitishni tashkil etish shakllari, metodlari, o'qitish vositalari, o'qitish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish turlari, shakllari va boshqa zamonaviy o'qitish usullari yoritilgan.

Mazkur nashrlar t`yutorlar, ma'murlar, muvofiqlashtiruvchilar va masofaviy ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari uchun foydali bo'ladi. Qo'llanmalar prokuratura organlari xodimlarining masofaviy malakasini oshirish kurslarini sifatli ishlab chiqish va o'quv jarayonini o'qitishning ilg'or usullari asosida samarali tashkil etishga xizmat qiladi.