Bosh prokuratura Akademiyasi xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Farg'ona vodiysida viktimlashtirish masalasini o'rganish bo'yicha loyihani amalga oshirish ishlarini davom ettirib kelmoqda.
Mazkur loyiha doirasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari, shuningdek xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida videokonferentsaloqa vositasida navbatdagi ishchi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tadqiqot davomida so'rov o'tkazish uchun autsorsing kompaniyalarni jalb qilish bo'yicha tenderni tashkil etish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.
Ekspertlar guruhi tomonidan Bosh prokuratura tegishli tarkibiy tarmoqlarining o'rganish jarayonida alohida e'tibor talab etadigan jihatlarga doir fikr va takliflari viktimologiya nuqtai nazaridan ko'rib chiqildi. Viktimologiya bo'yicha xorijiy ekspertlar, professorlar Yan Van Deyk hamda Jan Van Kastering tomonidan mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi, loyihani amalga oshirish bo'yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.