Akademik mobillik dasturi doirasida xalqaro seminarda ishtirok etildi

Akademik mobillik dasturi doirasida xalqaro seminarda ishtirok etildi

Xalqaro hamkorlik doirasida Akademiya tomonidan pedagogik va ilmiy xodimlar hamda tinglovchilarning stajirovkalari tizimli ravishda tashkil etilib, akademik mobillik dasturlari faol amalga oshirilmoqda.

Ilgari erishilgan kelishuvlarga ko'ra, Akademiya magistraturasi tinglovchisi T.Mustafaev joriy o'quv yilining ikkinchi semestrida Shvetsiyaning Lund universitetida tahsil oldi.

Joriy yilning iyun` oyida T.Mustafaev Lund universiteti tomonidan “Markaziy Osiyoda tijorat huquqi” loyihasi doirasida mazkur universitet professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilari, shuningdek Markaziy Osiyoning ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan xalqaro seminarda qatnashdi.

To'rt yilga mo'ljallangan ushbu tadqiqot loyihasi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlari orasida ikkala hududda ish va huquqiy madaniyat bo'yicha anglashuvni yanada yaxshilash maqsadida akademik va tadqiqot bo'yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Loyiha, shuningdek, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari akademik muassasalari vakillarini uzoq muddatga jalb qilgan holda qo'shma tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazishni nazarda tutadi.

Akademiya magistraturasi tinglovchisi tomonidan tadbir doirasida taqdim qilingan “O'zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish qonunchiligining biznes muhitga ta'siri” mavzusidagi tadqiqot rejasi atroflicha muhokama qilinib, sohaning ekspertlari tomonidan ma'qullandi.