Akademiyaning magistraturasi tinglovchisi yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Akademiyaning magistraturasi tinglovchisi yuksak mukofot bilan taqdirlandi

2020 yil 27 iyunda Yoshlar kuni arafasida bir guruh yosh avlod vakillariga “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni topshirildi.

Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash sohasiga qo'shgan hissasi uchun yuqori mukofotga sazovor bo'lgan yoshlar vakillari orasida hozirda Shvetsiyaning Lund universitetida akademik almashinuv dasturi doirasida tahsil olayotgan Bosh prokuratura Akademiyasi magistratura tinglovchisi Tolibjon Mustafoev ham bor.

2003 yildan buyon ushbu ko'krak nishoni bilan yuksak vatanparvarlik, fidoiylik tuyg'usi, mehnatsevarlik fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro'si, shon-shuhratini yuksaltirishga, uning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, tengdoshlariga namuna bo'layotgan yoshlar taqdirlanmoqda.

Akademiya jamoasi T.Mustafoevni yuksak mukofot bilan tabriklaydi va unga kelgusida muvaffaqiyatlar tilaydi.