2020 yil 2 iyul kuni Gasting huquq maktabi (AQSH) bilan hamkorlikni davom ettirish doirasida Akademiyada USAID huquqiy islohotlar dasturi ko'magida qonun ijodkorligi bo'yicha o'quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari videokonferensaloqa vositasida muhokama qilindi.
Qonun ijodkorligi sohasida bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan kurslar innovatsion tahliliy va adaptiv ta'lim, shu jumladan LexLab formatidagi ta'lim texnologiyalarini qo'llagan holda kompetensiyaviy yondashuv asosida magistratura dasturlari va prokuratura xodimlari malakasini oshirish kurslarining tarkibiy qismi sifatida xizmat qiladi.
Muhokama davomida ishtirokchilar Gasting huquq maktabi bilan mazkur yo'nalishda yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlash sohasida bilim va texnologiyalar almashinuvini ta'minlashga qaratilgan ekspertlarning o'zaro hamkorligi dasturini ishlab chiqdilar.