Viktimlashtirish qo'shma loyihasi doirasidagi kelgusi rejalar muhokama qilindi

Viktimlashtirish qo'shma loyihasi doirasidagi kelgusi rejalar muhokama qilindi

“Farg'ona vodiysida yoshlar ijtimoiy uyg'unlik uchun” loyihasi doirasida viktimlashtirish tadqiqotini tashkil etish masalalarini muhokama qilish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari,  shuningdek, xalqaro va milliy ekspertlar o'rtasida videokonferensaloqa vositasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv doirasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi bosh ofisining xalqaro ekspertlari Enriko Bizono hamda Fatma Ismetovalar bunday tadqiqotlarni o'tkazish tajribasi bilan o'rtoqlashdilar, shuningdek mahalliy ekspertlarga tadqiqotni sifatli va samarali tashkil etishning muhim jihatlariga oid tavsiyalar berdilar.