Raul Vallenberg nomidagi Inson huquqlari va gumanitar huquq instituti (Shvetsiya) rahbariyati bilan ishchi uchrashuv

Raul Vallenberg nomidagi Inson huquqlari va gumanitar huquq instituti (Shvetsiya) rahbariyati bilan ishchi uchrashuv

Joriy yilning 13 iyul kuni Bosh prokuratura Akademiyasi va Raul Vallenberg nomidagi Inson huquqlari va gumanitar huquq instituti vakillari videokonferensaloqa orqali huquqni muhofaza qilish faoliyati masalalariga bag'ishlangan “Inson huquqlari” magistratura dasturi bo'yicha ishchi uchrashuvini o'tkazdilar.

Tomonlar o'quv rejasining dastlabki mavzulari va dasturning qismlarini birgalikda tayyorlash bo'yicha keyingi qadamlarni muhokama qilishdi.

Uchrashuvda ushbu loyihani qo'llab-quvvatlagan YEHXTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori idorasining mas'ul xodimlari ishtirok etdi.