O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirib borish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
2020 yil 31 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashi majlisida Akademiya ilmiy xodimi L.Isoqovning “12.00.02 – konstitutsiyaviy huquq. Ma'muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo'yicha “O'zbekistonda migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusidagi yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasining himoyasi bo'lib o'tdi.
Ilmiy kengash a'zolari bir ovozdan talabgorning yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishiga ovoz berdilar.
Akademiya jamoasi L.Isoqovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi!