Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasida davlat imtihonlari o'tkazilmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasida davlat imtihonlari o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yo'nalishlari bo'yicha magistrantlarning yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkazilmoqda.

Davlat yakuniy attestatsiyasi magistratura ta'lim dasturining majburiy qismi hisoblanib, mutaxassislik bo'yicha yakuniy davlat imtihonini topshirish va masofaviy shaklda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishdan iborat.

Yakuniy davlat imtihonlari 2020 yil 21 iyuldan boshlab onlayn rejimda boshlanib, Akademiya va boshqa ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, yetakchi amaliyotchilar, shuningdek kuzatuvchilar sifatida ishtirok etayotgan jamoatchilik vakillaridan iborat Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan o'tkazilmoqda.

Yakuniy davlat imtihonlarida masofadan turib qatnashgan tinglovchi va Davlat attestatsiya komissiyasi a'zolarining shaxsini aniqlash elektron ta'lim bo'limi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yakuniy davlat imtihonlarini o'tkazishdan oldin axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda imtihonoldi konsul`tatsiyalar o'tkazildi.Akademiya magistrantlari COVID-19 pandemiyasi sharoitida Akademiya axborot-resurs markazining elektron kutubxonasi bilan integratsiyalashgan «ProAcademy» axborot-ta'lim portalining elektron manbalaridan foydalangan holda davlat imtihonlariga tayyorgarlik borasida samarali ishlash imkoniga ega bo'ldilar.

Akademiya portalining to'liq ishlashi yakuniy imtihonlarni zamonaviy ta'lim standartlari darajasida va akademik halollik printsiplariga muvofiq ravishda tashkil etish va o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qildi.

Og'zaki shaklda o'tkazilayotgan davlat imtihonlari natijalari imtihon kuni tinglovchilarga e'lon qilinadi.

Jarayonning shaffofligini ta'minlash maqsadida barcha davlat attestatsiya imtihonlari videoyozuvga olinmoqda.