Yevropa Kengashi va Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha loyihasi doirasida hamkorlik kengaytirilmoqda

Yevropa Kengashi va Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha loyihasi doirasida hamkorlik kengaytirilmoqda

Joriy yil 22 iyul kuni Akademiya rahbariyatining Yevropa Kengashi Inson huquqlari va qonun ustuvorligi Bosh boshqarmasining Sharqiy sheriklik va Rossiya Federatsiyasi inson huquqlari Milliy bo'limi rahbari T. Karapetyan va YEK eksperti G. Tugushi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Yevropa Kengashining yuridik soha vakillari uchun inson huquqlari bo'yicha o'qitish dasturini (HELP) joriy qilish orqali Akademiyaning ta'lim jarayoniga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha qo'shma o'quv dasturlarini tayyorlash borasida hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ushbu vazifalar Yevropa va boshqa xalqaro standartlarga muvofiq inson huquqlari, qonun ustuvorligi va demokratiyani mustahkamlashga qaratilgan Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining “Qonun ustuvorligi dasturi –Markaziy Osiyo” mavzusidagi qo'shma 4 yillik (2020 – 2023 yy.) loyihasi doirasida amalga oshiriladi.