Tahliliy ishlarni olib borish va tayyorlash uchun uslubiy yo'riqnoma tayyorlandi

Tahliliy ishlarni olib borish va tayyorlash uchun uslubiy yo'riqnoma tayyorlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari tomonidan tahliliy ishlarni olib borish va tayyorlash uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha uslubiy yo'riqnoma tayyorlandi.

Ushbu yo'riqnoma tahliliy hujjatlarni tayyorlash bo'yicha amaliy tavsiyalar majmuidir.

Yo'riqnoma analitik hujjatning yechimlarni ishlab chiqish vositasi sifatida rolini tushunishga, analitik hujjatning tarkibiy va matnli elementlarini, yozuv jarayoni bosqichlarini tuzishda bilim va malakalarini oshirishga, ularni tayyorlashda turli yondashuv va usullarni to'g'ri qo'llashga yordam beradi.

Yo'riqnoma oliy o'quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, doktorantlar, shuningdek, keng doiradagi yuridik mutaxassislar uchun tavsiya etiladi.