O'zaro manfaatli hamkorlikning davomi

O'zaro manfaatli hamkorlikning davomi

Bosh prokuratura Akademiyasining O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorligi doirasida 2020 yil 6 noyabr kuni “Milliy gvardiya psixologlarining aholi bilan olib boradigan ijtimoiy-psixologik ishlarining dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar doirasida Bosh prokuratura Akademiyasining psixologik ta'minlash bo'limi boshlig'i E.N.Sattorov tomonidan “Aholi bilan olib boriladigan psixologik ishlarning tashkiliy mexanizmlari” mavzusida suhbat-treningi o'tkazildi. O'tkazilgan trening seminar ishtirokchilari tomonidan qizg'in kutib olindi va faol qabul qilindi.

Tadbir yakuniga ko'ra Milliy gvardiya psixologlari hamda Bosh prokuratura Akademiyasi psixologlarining kelgusida olib boriladigan ilmiy-amaliy hamkorligini rivojlantirish yo'nalishlari belgilab olindi.