Akademiya tayanch doktoranturasiga kirish uchun ixtisoslik imtihoni o'tkazildi

Akademiya tayanch doktoranturasiga kirish uchun ixtisoslik imtihoni o'tkazildi

2020 yil 10 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida tayanch doktoranturada o'qishga talabgorlar uchun ixtisoslik bo'yicha onlayn rejimda kirish imtihoni bo'lib o'tdi.

Imtihon O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risidagi Nizom talablariga to'liq amal qilingan holda o'tkazildi.

Kirish imtihoni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Milliy gvardiya Harbiy-texnika instituti hamda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilaridan iborat komissiya tomonidan o'tkazildi.

Imtihon komissiyasi tomonidan tayanch doktoranturada o'qishga talabgorlarning ilmiy tadqiqot olib borish uslubiyoti borasidagi bilimlari, shuningdek tanqidiy fikrlash va ilmiy muammoni nazariy tahlil qila olish ko'nikmalariga alohida e'tibor qaratildi.