Yuridik klinika faoliyati

Yuridik klinika faoliyati

Bosh prokuratura Akademiyasi Yuridik klinikasi faoliyati doirasida magistratura tinglovchilari uchun tajribali murabbiylar rahbarligida ularning yuridik amaliyot va axloq ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan klinik ta'lim kursi ish boshladi.

Tinglovchilarning amaliy ko'nikmalarini takomillashtirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanuvchi Akademiya klinikasi faoliyati yuridik kasbga sodiq bo'lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning samarali innovatsion, amaliyotga yo'naltirilgan modelini o'quv jarayoniga joriy etish maqsadida 2018 yilda yo'lga qo'yilgan edi.

Akademiya Yuridik klinikasi aholining zaif qatlamlariga bepul asosda huquqiy maslahatlar berib, shu orqali ularning odil sudlovdan erkin foydalanishiga 
imkoniyat yaratadi.   

Akademiya klinikasi faoliyatini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.