2020 yilning 16 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari A.A.Azizov boshchiligidagi vazirlikning bir guruhi xodimlarining tanishuv tashrifi amalga oshirildi.
Uchrashuv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkillashtirildi.
Uchrashuvda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti hamda vazirlikning sohaviy tarmoqlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar Akademiyaning ilg'or ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, amaliyotga yo'naltirilgan kompetentsiyaviy yondashuv, interaktiv va muammoli metodlar asosida o'quv jarayonini tashkil etish borasidagi tajribasi bilan tanishdilar.
Akademiyaning o'z elektron platformasi negizida faoliyat yuritayotgan va koronavirus pandemiyasi sharoitida alohida dolzarblik kasb etgan elektron (masofaviy) ta'limni tizimli joriy etish imkonini bergan «ProAcademy» axborot-ta'lim portali mehmonlarda qiziqish uyg'otdi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv xalqaro standartlar va zamonaviy talablarga javob beradigan xodimlarni tayyorlash sohasida Akademiya va Institut o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.