2020 yil 17 noyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida BMTning bolalar jamg'armasi (YUNISEF)ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzade boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Bosh prokuror o'rinbosari E.Yuldashev, Akademiya va Bosh prokuratura tarkibiy tarmoqlari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Bosh prokuratura va YUNISEFning 2019–2020 yillarga mo'ljallangan Ish rejasini amalga oshirish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.
YUNISEF vakolatxonasi rahbari Bosh prokuratura Akademiyasi bilan bolalar huquqlarining turli sohalaridagi hamkorlikni ijobiy baholab, jumladan, “Toshkent shahrining Chilonzor tumani misolida O'zbekistonda voyaga yetmaganlarni jinoiy ta'qibdan chetlashtirish chora-tadbirlari va tiklovchi adolat yondashuvlarini amalga oshirish” loyihasining ahamiyatini qayd etdi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar o'zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.