Ilmiy tadqiqotning asosiy talablari muhokama qilindi

Ilmiy tadqiqotning asosiy talablari muhokama qilindi

2020 yil 19 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida “Ilmiy tadqiqot ishlariga qo'yilgan talablar” mavzusida onlayn ilmiy seminar o'tkazildi.

Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasi doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va magistratura tinglovchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Akademiyaning Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi boshlig'i, yu.f.d, professor M.M.Mamasiddiqov ma'ruza qildi.

Shuningdek Akademiyaning professor-o'qituvchilaridan yu.f.n., dotsent E.T.Hojiev hamda yu.f.f.d., dotsent X.A.Karimov tomonidan ilm-fanni rivojlantirishda nazariya va amaliyotning bir-biri bilan uzviy bog'lash masalalari, ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalarini shakllantirish, ob'ekti va predmetini belgilash, uning metodlari bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.

Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o'tib, ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.