Prokuratura organlari faoliyatini raqamlashtirishning yangi bosqichi

Prokuratura organlari faoliyatini raqamlashtirishning yangi bosqichi

Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuratura rahbariyati uchun Akademiyaning «ProAcademy» axborot-ta'lim portali negizida prokuratura organlari xodimlari kompetensiyalari rivojlanishini uzluksiz kompleks monitoring qilish elektron dasturining yangilangan versiyasining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: prokuratura organlari xodimlari kompetentsiyalari rivojlanishini uzluksiz kompleks monitoring qilish elektron dasturi Intellektual mulk agentligining 23.12.2019 yildagi №DGU 07442-sonli guvohnomasiga asosan rasmiy ro'yxatdan o'tgan.

Tadbir davomida Bosh prokuror o'rinbosari E.T.Yuldashev tomonidan bajarilgan ishlarga yuqori baho berildi hamda taklif etilayotgan yechimlarning o'ziga xosligi, shuningdek ularning prokuratura organlari faoliyatiga meritokratiya tamoyillarini amalda joriy etilishi va xodimlarning yuqori kasbiy motivatsiyasini shakllantirishdagi muhim roli ta'kidlandi. 
Shuningdek, ular tomonidan mazkur yo'nalishdagi ishlarni takomillashtirish hamda kelgusida mazkur dasturiy ta'minotning amaliyotda yanada keng qo'llanilishi bo'yicha tavsiyalar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan Bosh prokuratura huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi A.P.Kaxxarov ham uzluksiz ta'lim tizimi rivojlanishiga innovatsion yondashuvni ijobiy tavsifladi va kelgusida ta'lim jarayoni sifatini oshirish hamda natijalarini monitoring qilib borish yuzasidan o'z tavsiyalarini berdi.