Butunjahon bolalar kunini nishonlash

Butunjahon bolalar kunini nishonlash

20 noyabr kuni dunyo bolalarining farovonligini ta'minlash faoliyatga bag'ishlangan Butunjahon bolalar huquqi kuni sifatida nishonlanadi.

Bunday tadbirdan asosiy maqsad – bolalarni himoya qilish va ularning huquqlarini ta'minlash doirasidagi dolzarb muammolarga jamoatchilik e'tiborini jalb qilishdir.

1959 yilning shu kunida BMT Bosh Assambleeyasi tomonidan Bola huquqlari deklaratsiyasi, 1989 yilda esa, keng miqyosda tan olingan bolalar huquqlari haqidagi shartnoma – Bola huquqlari 
to'g'risida Konvepsiya qabul qilingan.

Shu munosabat bilan, Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 23-son Bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini Bola 
huquqlari to'g'risidagi Konvepsiyaning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish  maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbiri o'yin va interaktiv shaklida o'tkazildi. Bunda, bolalarga bola huquqlari bilan bog'liq muhim masalalarni namoyon qilishlarida o'zlarining tasavvuri va ijodiy yondoshuviga 
imkoniyat yaratildi.