Joriy yilning 19 noyabr kuni G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha idoralararo tarmog'i (ARIN-WCA) Boshqaruv guruhining navbatdagi yig'ilishi o'tkazilib,
ushbu tadbir tarmoqning doimiy Kotibiyati sifatida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan tashkillashtirildi.
Mazkur yig'ilish videokonferentsaloqa shaklida, Qirg'iz Respublikasi Bosh prokuraturasi vakillari raisligida o'tkazilib, unda Boshqaruv guruhi a'zolari hamda guruhning doimiy kuzatuvchisi bo'lgan BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi hududiy koordinatori D.Kampisi ishtirok etdi.
Shuningdek yig'ilishga ekspertlik hamroxlik xorijiy mutaxassislar D.Tomas va F.Raffreylar tomonidan amalga oshirildi.
Boshqaruv guruhi a'zolari ARIN-WCA tarmog'ining Ahdlashuv bayonoti hamda yig'ilish kun tartibiga ko'ra 2021 yilda tarmoqda raislikni amalga oshirish va Boshqaruv guruhi tarkibini yangilash, shuningdek ARIN-WCAda kuzatuvchi maqomini belgilash kabi masalalarni ko'rib chiqdi.
Yig'ilish yakunlariga ko'ra tegishli qarorlar qabul qilindi.