Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish maqsadida Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O'zbekistondagi loyihalar koordinatori ko'magida Bristol universiteti professori Reychel Myurrey bilan hamkorlikda qiynoqlarni oldini olish bo'yicha onlayn o'quv dasturi ishlab chiqish boshlandi.
Ushbu dastur xalqaro standartlarni qo'llash, noqonuniy yoki majburiy usullar bilan olingan dalillarning nomaqbulligi, jinoyat qurbonlari va guvohlarni himoya qilish, qiynoqlarning oldini olish
jarayonida prokurorlarning o'rni kabi mavzularda prokuratura organlarining bilim va ko'nikmalari hamda malakalarini rivojlantirishga qaratilgan masalalarni qamrab oladi.
Dastur kontentini tayyorlashga qaratilgan ishchi guruhning birinchi yig'ilishida, ekspertlar dasturni tayyorlash uchun har oyda konsul`tatsiyalar o'tkazib borish yuzasidan kelishib oldilar.