Malayziya Elchisi bilan uchrashuv

Malayziya Elchisi bilan uchrashuv

2020 yilning 23 noyabr kuni Akademiya rahbariyati Malayziyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Xendi Assan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar doirasida tomonlar Malayziya korrupsiyaga qarshi Akademiyasi bilan o'zaro hamkorlik qilish, qo'shma treninglar tashkil etish, shuningdek huquqiy hamkorlik sohasida O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Malayziya Hukumati o'rtasida Anglashuv memorandumida belgilangan malaka oshirish va tajriba almashish borasidagi qoidalarini amalga oshirish muhokama qilindi.

Tomonlar muhokama etilgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan o'zaro kelishuvga erishib, o'zaro manfaatli sohalarda boshqa masalalarda ko'maklashishga tayyorliklarini bildirdilar.