Jamiyatdagi viktimlashtirish holatini o'rganish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish ishlari

Jamiyatdagi viktimlashtirish holatini o'rganish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish ishlari

“Farg'ona vodiysida yoshlar ijtimoiy uyg'unlik uchun” loyihasini amalga oshirish doirasida viktimlashtirish tadqiqotini o'tkazishda hamkorlik qilish uchun buyurtma taqdim etgan kompaniyalar, Bosh prokuratura Akademiyasi hamda BMT GJBning Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi vakillari, xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida videokonferentsaloqa vositasida tenderoldi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ariza komaniyalar taqdim etgan takliflari ko'rib chiqildi, ularga tender o'tkazish talablari va unda ishtirok etish uchun zarur bo'lgan hujjatlar haqida ma'lumot berildi.

Bundan tashqari, mahalliy ekspertlar, shuningdek, viktimologiya sohasi mutaxassislari – Tilburg universiteti professorlari Yan Van Deyk hamda Djon Van Kasteringlar tomonidan kompaniyalar vakillariga qator tavsiya va takliflar bildirilib, tender o'tkazish bo'yicha ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.