Joriy yilning 25 noyabr kuni jinoyatchilik holatini uzluksiz monitoring qilish salohiyatini mustahkamlash borasida Yaponiya Adliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi qo'shma ishchi guruhining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiya tomoni jinoyatlarning turlari bo'yicha statistik ma'lumotlarni klassifikatsiya qilish tartibi to'g'risida ma'lumot berdi. Jumladan, Yaponiyada ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to'g'risida ma'lumotlarni hisobotda aks ettirish uslubiyoti muhokama qilindi.
O'z navbatida, Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan tayyorlanayotgan oylik jinoyatchilik ahvoli to'g'risidagi to'plam (dayjest) tuzilishi namoyish etildi. Yaponiyalik mutaxassislar ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan ishlarni qayd etib, to'plamni yanada takomillashtirish bo'yicha o'z takliflarini bildirdilar.