Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanida “Xavfsiz, inklyuziv va barqaror jamiyatlarda shahar xavfsizligini boshqarish” loyihasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
Mazkur loyiha BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi hududiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida Bosh prokuratura Akademiyasida loyihaga jalb etilgan milliy ekspertlar ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Chilonzor tumanida jinoyatlarni bashorat qilish kartasini ishlab chiqish xamda profilaktika inspektorlari uchun o'quv qo'llanma tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Milliy ekspertlar tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oraliq xisobotlar berildi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.